1

Prezident Qirg`iziston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Siyosat 21.12.2023, 19:39
Prezident Qirg`iziston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoev 21 dekabr kuni tashrif bilan mamlakatimizda bo`lib turgan Qirg`iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubaevni qabul qildi.

O`zbekiston bilan Qirg`iziston o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va keng ko`lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ularni aniq mazmun bilan boyitish masalalari ko`rib chiqildi.

Uchrashuv avvalida tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubaev davlatimiz rahbariga Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

O`zbekiston etakchisi keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlik yuksak darajaga chiqqani va sermahsul tus olganini, shu jumladan parlamentlar, hukumatlar, hududlar, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar darajasidagi muloqot va almashinuvlar ancha faollashganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Hukumatlararo komissiya samarali faoliyat yuritmoqda. O`zbekiston-Qirg`iziston taraqqiyot fondi ishga tushirildi. Tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmlari ortmoqda, mashinasozlik, elektrotexnika, to`qimachilik, qishloq xo`jaligi va boshqa tarmoqlarda kooperasiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Qo`shma madaniy-gumanitar tadbirlar muntazam ravishda o`tkazib kelinmoqda.

Faol siyosiy muloqotni davom ettirish hamda ustuvor dastur va loyihalarni, shu jumladan “Xitoy – Qirg`iziston - O`zbekiston” temir yo`li qurilishini jadallashtirish muhimligi alohida ta`kidlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1