1

11 oyda onlayn xaridlar uchun 1,2 mlrd donadan ortiq elektron chek berilgan

Iqtisodiyot 26.12.2023, 10:43
11 oyda onlayn xaridlar uchun 1,2 mlrd donadan ortiq elektron chek berilgan

Tadbirkorlik subektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to`lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat`i nazar xaridorga beriladi.  

Joriy yilning 11 oyi davomida onlayn-NKT orqali 801,1 mln dona chek rasmiylashtirilib, ular bo`yicha aylanma 208,4 trln so`mdan ziyodni tashkil etdi.  

Agar xaridor to`lovlarni elektron to`lov tashkilotlari yoki elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali amalga oshirsa, unda elektron fiskal chek shakllantiriladi.  

Yanvar – noyabr oylarida iste`molchilarga umumiy qiymati 47,8 trln so`mlik 1,2 mlrd donadan ziyod elektron chek taqdim etildi. Bunday cheklar uchun “Soliq” mobil ilovasida xarid summasining 1 foizi miqdorida keshbek avtomatik tarzda hisoblanadi (buning uchun Soliq ilovasidagi va amalga oshirilayotgan to`lov tizimidagi (marketpleys) telefon raqam mos kelishi kerak).  

Xaridor unga QR-kodli chek berilmagani haqida soliq organiga xabar berishga haqli. Buning uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali murojaat yo`llash lozim.

Joriy yil boshidan fuqarolar tomonidan chek bermaslik holatlari yuzasidan 104 mingdan ortiq murojaat yuborilgan. Ilovaning o`zida murojaat holatini kuzatib borish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1