26 dekabr soat 20:30 holatiga ko`ra, Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun jami 98.3 mingdan ortiq shartnomalar tuzildi. Ularning 95 foizi Chevrolet Cobalt avtomobiliga tuzilgan.
Chevrolet Cobalt avtomobillarining kontraktasiyada mavjud butun hajmi uchun shartnomalar tuzilganligini ma`lum qilamiz.
Ayni paytda “UzavtoSavdo” onlayn-savdo tizimi orqali “Damas” va “Labo” avtomobillariga shartnoma tuzish imkoniyati mavjud.






