AsosiyJamiyat

Toshkentda 48 yoshli ayolga benzin sochib yoqib yuborgan erkak qo`lga olindi

'Toshkentda 48 yoshli ayolga benzin sochib yoqib yuborgan erkak qo`lga olindi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda 23 dekabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi maishiy chiqindilarni qabul qilish punkti hududida yashovchi 48 yoshli N.U. kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar tarqalgan edi.

Bosh prokuraturaning xabar qilishicha, mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumon qilingan 1966 yilda tug`ilgan erkak qo`lga olingan.

Jabrlanuvchi ayolning tanasida 18 foiz kuyishi, bosh o`ng tepa qismining lat eyishi” kabi tan jarohatlari borligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlagan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar