“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`ycha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-15° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, baland tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9° iliq bo`ladi.






