AQShning Pensilvaniya universiteti olimlari saraton kasalligini davolashga qaratilgan yangi usulni sinovdan muvaffaqiyatli o`tkazdi.
Aytish joizki, kimyoterapiya bugungi kunda onkologik xastaliklarga qarshi asosiy vositalardan biri. Buning uchun odatda foton nurlanish usulidan keng foydalaniladi.
Biroq so`nggi izlanishlar flesh-terapiya deb nomlangan proton nurlanish samaradorligi yuqoriligini tasdiqlamoqda. Chunki bu usul sog`lom to`qimalarga kamroq zarar etkazishi bilan ajralib turadi.
Tadqiqotchilar xulosasiga ko`ra, flesh-terapiya an`anaviy nur muolajalariga nisbatan nojo`ya ta`sirlar xavfini uchdan ikki qismga kamaytiradi.
Qolaversa, davolash kursi faqat bir martalik va uning davomiyligi atigi bir soniyaga teng. Zarrachalar massasi katta bo`lganligi sababli proton nurlari bemorning kasallikdan zararlangan qismiga aniqroq yo`naltiriladi. Bu esa qo`shni to`qimalar va organlarga minimal darajada salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Olimlar proton nurlanishdan foydalanish metodologiyasi va ekspress seanslar uchun optimal dozalarni ishlab chiqdi. Tez orada flesh-terapiya saraton muolajasida keng ommalashishi mumkin.






