AsosiyJamiyat

Toshkentda "pravasiz" avtomashina boshqargan 18 yoshli "shumaxer" qo`lga tushdi

'Toshkentda "pravasiz" avtomashina boshqargan 18 yoshli "shumaxer" qo`lga tushdi'ning rasmi

Toshkent ko`chalarida tungi vaqtda yo`l harakati qoidalarini qo`pol ravishda buzib, o`zgalarning hayotini xavf ostiga qo`yib turli manyovrlar qilib yuqori tezlikda harakatlanganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB izoh berdi.

Aniqlanishicha, davlat raqami 01 G 366 QB bo`lgan Cobalt avtomashinasini 2005 yilda tug`ilgan A.I. tegishli hujjatlarsiz boshqarish, qo`pol tarzda yo`l harakati qoidabuzarligini sodir etgan.

Qoidabuzarga nisbatan MJtKning 128-5-moddasi (transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo`lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo`ljallangan tomoniga yoki bo`lagiga chiqishi) hamda 135-moddasiga (yo`l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo`lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) muvofiq ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib avtomashina vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar