AsosiyJamiyat

O`zbekistonga salqin va nam havo kirib kelmoqda — "O`zgidromet"

'O`zbekistonga salqin va nam havo kirib kelmoqda — "O`zgidromet"'ning rasmi

Bugun 6 yanvar kuni shimoliy hududlarga nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi boshlanadi, deya xabar qilmoqda "O`zgidromet".

Ma`lum qilinishicha, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Qolgan hududlarda quyoshli, quruq va juda iliq ob-havo bo`lishi kuzatiladi. Kunduzi harorat 16-18 daraja iliq bo`ladi.

7 yanvar kuni nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi mamlakatning barcha hududlariga tarqaladi, respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Kunduzgi havo harorati 9-14 daraja iliqqacha pasayadi.

Poytaxtda: bugun yog`ingarchilik kutilmaydi, havo harorati 16-18 daraja iliqni tashkil etadi.

Yakshanba kuni vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, harorat kechasi 6-8o iliq atrofida bo`ladi, kunduzi 12-14 daraja iliqqacha biroz pasayadi.

    Boshqa yangiliklar