AsosiyJamiyat

O`zbekiston ketma-ket ikkinchi oy dunyoda eng ko`p oltin sotgan mamlakat bo`ldi

'O`zbekiston ketma-ket ikkinchi oy dunyoda eng ko`p oltin sotgan mamlakat bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston ketma-ket ikkinchi oy dunyoda eng ko`p oltin sotgan mamlakat bo`lib qolmoqda. Bu haqda Jahon oltin kengashi (World Gold Council) xabar berdi.

Qayd etilishicha, jahon bo`ylab markaziy banklar noyabr oyida 44 tonna sof hajmda oltin sotib olgan. Xaridlarning umumiy hajmi 60 tonna bo`lib, oktyabr oyiga nisbatan 4 foizga kamaygan. Ammo bu o`tgan yildagi o`rtacha oylik ko`rsatkich — 36 tonnaga nisbatan sezilarli darajada yuqori.
Noyabr oyida mazkur qimmatbaho metallning asosiy xaridori Turkiya bo`ldi. Mamlakat 25 tonna xaridni amalga oshirgan. Ikkinchi o`rinni 19 tonna xarid bilan Polsha egallagan. Beshlikka Xitoy (12 tonna), Chexiya (3 tonna) va Qirg`iziston (1 tonna) kirgan.

O`zbekiston noyabr oyida 11 tonna oltin sotgan, bu esa keyingi o`rinda turgan Qozog`istondan (3 tonna) deyarli to`rt barobar ko`p.

2023-yil yakunlariga ko`ra, O`zbekiston qimmatbaho metallarni sotish bo`yicha Qozog`istondan biroz ortda qolib, ikkinchi o`rinni egalladi. Xitoy sof xaridlar bo`yicha etakchi bo`ldi, undan keyingi o`rinlarni Polsha va Singapur egalladi.

    Boshqa yangiliklar