“Toshkent” xalqaro aeroportida yo`lovchilarni tushirish/olish yo`lagiga (jo`nash zali oldidagi avtoturargohdagi estakadaga o`xshash yo`lak) kirish yo`l belgilarining yangilanishi munosabati bilan vaqtincha yopildi. Bu haqda Uzbekistan Ariports xabar bermoqda.
Harakat 7 yanvar kuni soat 09:00 ga qadar tiklanadi. Ungacha kuzatuvchilar va taksi haydovchilari dastlabki 10 daqiqa bepul bo`lgan avtoturargohdan foydalanishlari mumkin.
06.01.2024 15:24
“Toshkent” xalqaro aeroportida yo`lovchilarni tushirish/olish yo`lagi vaqtincha yopildi.






