AsosiyDunyo

Gollivud aktyori, uning ikki nafar qizi va uchuvchi aviahalokat oqibatida halok bo`ldi

'Gollivud aktyori, uning ikki nafar qizi va uchuvchi aviahalokat oqibatida halok bo`ldi'ning rasmi

Gollivud aktyori Kristian Oliver va uning 10 va 12 yoshli ikki qizi va uchuvchi Karib dengizida aviahalokatga uchrab halok bo`ldi.

Payshanba kuni 51 yoshli aktyor va uning qizlari Bekiya orolidagi aeroportdan Sent-Lyusiyaga kichik dvigatelli samolyotda uchib ketishdi. Ko`tarilganidan ko`p o`tmay, samolyotda muammolar yuzaga keldi va orol yaqinida okeanga quladi.

Sent-Vinsent va Grenadinlar qirg`oq qo`riqlash xizmati qutqaruv operasiyasini boshladi, biroq urinishlar besamar ketdi. Qutqaruvchilar suvdan to`rt kishi, jumladan uchuvchi, amerikalik yo`lovchi va uning ikki nafar qizining jasadini olib chiqishdi. Halokat sabablari o`rganilmoqda.

Internetda samolyot halokati aks etgan video paydo bo`ldi. Guvoh tomonidan olingan kadrlarda kichik samolyotning burni pastga tushib, katta tezlikda suvga qulagani aks etgan.

Kristian Oliver 1972 yilda Germaniyada tug`ilgan, u “Valkiriya operasiyasi”, “Shaqildoq ilonlar” va “Tezkor poygachi” ​​​​filmlaridagi rollari bilan mashhur bo`lgan. Uning filmografiyasida 57 ta film bor, deb xabar beradi tengrinews.kz.

    Boshqa yangiliklar