1

Jismoniy shaxslar er solig`i bazaviy stavkalari o`zgardi

Iqtisodiyot 08.01.2024, 10:40
Jismoniy shaxslar er solig`i bazaviy stavkalari o`zgardi

Jismoniy shaxslar uchun er solig`ining bazaviy stavkalari 12 foizga indeksasiya qilindi. Bu haqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va viloyatlar shuningdek, tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlarining iqtisodiy rivojlanishga qarab, kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisientlarni qo`llash huquqini saqlanib qolindi.

Joriy soliq davri uchun soliq stavkalari har yili 10 yanvargacha (ilgari 31 dekabrgacha) xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan er uchastkalari joylashgan erdagi soliq organlariga taqdim etiladi.

2024 yilda qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan erlardan (uy-joy fondining ko`chmas mulk obektlari egallab turgan erlar) olinadigan soliq miqdori 2023-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.

Soliq kodeksining 434-moddasiga aniqlik kiritildi, unga ko`ra ko`p kvartirali uylar egallagan va ko`p kvartirali uylar mulkdorlariga umumiy foydalanish (notijorat maqsadlarda) uchun doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan ko`p kvartirali uylarga tutash er uchastkalari soliq solish obekti bo`lmaydi. 

Jismoniy shaxslarga qishloq xo`jaligi maqsadlarida, shuningdek, dehqon xo`jaligi yuritish uchun berilgan er uchastkalariga soliq solish tartibi va stavkalari o`zgarishsiz qoldi.

Soliq organlari to`lov xabarnomalarini faqatgina qog`oz ko`rinishida, soliq to`lovchiga imzo qo`ydirib emas, balki mavjud bo`lgan taqdirda, soliq to`lovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda, soliq to`lovchining nomiga rasmiylashgirilgan uyali telefon raqamiga va soliq organlarining maxsus mobil ilovasiga SMS-xabarnoma tarzida, shuningdek to`lov xabarnomasi olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usullarda etkazishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1