O`zbekiston delegasiyasi Saudiya Arabistonida haj va umra xizmatlari sifatini yanada yaxshilash, narxlarini arzonlashtirish, ziyoratchilar uchun bir qator qulayliklar yaratish maqsadida, Podshohlikdagi bir qator mutasaddi idoralar rahbarlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda muslim.uz portali ma`lum qildi.
Shu kabi muloqotlar natijasida umra xizmatlari narxini yanada arzonlashtirishga erishildi.
"2024 yil 10 yanvardan e`tiboran O`zbekiston musulmonlari idorasining "Haj va Umra" markazida umra xizmatlari narxi bir kishi uchun 16.600.000 so`m etib belgilandi" deyiladi xabarda.
08.01.2024 14:51
Umra ziyorati uchun narxlar arzonlashdi






