AsosiyJamiyat

O`zbekistonda suvni tejaydigan sug`orish texnologiyalari loyihalari uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi

'O`zbekistonda suvni tejaydigan sug`orish texnologiyalari loyihalari uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi'ning rasmi

“Quyi bo`g`inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda  “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

  • suv xo`jaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suv etkazib berish xizmatlari uchun to`lovlar bekor qilinadi;
  • Suv xo`jaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) irrigasiya bo`limlari hamda maxsus xizmatlari negizida “Suv etkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etiladi;
  • Suv etkazib berish xizmatlari rahbarlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir yilda ikki marta xalq deputatlari tuman kengashlariga hisobot berib boradi;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan davlat byudjetiga tushgan tushumning 40 foizi Suv etkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirishga yo`naltiriladi.

2024 yildan:

  • suvni tejaydigan sug`orish texnologiyalarini joriy etish bo`yicha loyihalarni amalga oshirish uchun qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suvkredit.uz platformasi orqali 5 yil muddatga, shundan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi;
  • suvni tejaydigan sug`orish texnologiyalarini joriy etish bo`yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga ushbu texnologiyalar joriy qilingan yilning o`zida to`liq miqdorda ajratiladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida suvni tejaydigan sug`orish texnologiyalarini joriy etish bo`yicha loyihalarga tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratiladigan kreditlar bo`yicha foiz stavkasining 10 foizdan oshadigan qismi davlat byudjeti tomonidan qoplab beriladi.

Sug`oriladigan erlarda yangi bog`lar, uzumzorlar va boshqa ko`p yillik daraxtzorlar hamda engil tipdagi issiqxonalarni tashkil etishda xulosalar Qishloq xo`jaligi vazirligi tomonidan faqat suvni tejaydigan sug`orish texnologiyalarini joriy qilish sharti bilan beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar