Buxoro viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo`yicha yangi tariflar tasdiqlandi. Bu haqda “O`zsuvta`minot” matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, 2024 yilning 15 yanvaridan quyidagi belgilangan yangi tariflar amalda qo`llanadi:
Ichimlik suvi (1 metr kub):
- aholi uchun — 3100 so`m;
- issiqlik ta`minoti, diniy tashkilotlar va boshqalar uchun — 3472 so`m;
- byudjet tashkilotlari uchun — 7840 so`m;
- boshqa iste`molchilar uchun — 7840 so`m.
Texnik suv (1 metr kub):
- aholi uchun — 1500 so`m;
- boshqa iste`molchilar uchun — 1680 so`m.
Oqova suv xizmati (1 metr kub):
- aholi uchun — 2800 so`m;
- issiqlik ta`minoti, diniy tashkilotlar va boshqalar uchun — 3136 so`m;
- byudjet tashkilotlari uchun — 5376 so`m;
- boshqa iste`molchilar uchun — 5376 so`m.
Shuningdek “Damxo`ja suv ta`minoti” MChJ ichimlik suvi ta`minoti bo`yicha (1 metr kub):
- aholi va suv ta`minoti korxonalari uchun — 650 so`m; (suv ta`minoti korxonalari orqali)
- boshqa yuridik iste`molchilar uchun — 1500 so`m.
Qayd etilishicha, so`nggi 6 yilda Buxoro viloyatida Jahon banki kreditlari hisobidan Qorako`l va Olot tumanlari aholisi suv ta`minotini yaxshilash bo`yicha qiymati 139 million dollar hamda Buxoro va Kogon shaharlari oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish bo`yicha umumiy qiymati 55 million dollar bo`lgan loyihaning amalga oshirilishi hisobiga viloyat aholisining markazlashgan ichimlik suv ta`minoti 51 foizdan 73,1 foizga, oqova xizmati bilan ta`minlanganlik darajasi 9,2 foizdan 16 foizga oshirildi.






