AsosiyJamiyat

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o`zbekistonlik ikki farzandi bilan vatanga qaytarildi

'Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o`zbekistonlik ikki farzandi bilan vatanga qaytarildi'ning rasmi

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o`zbekistonlik ikki farzandi bilan vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot xizmati. 

Unga ko`ra, Krasnoyarskdagi “Mega-Stroy-M”, Nijniy Novgoroddagi “Region servis” korxonalarida ishlayotgan o`zbekistonliklar hamda ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Sankt-Peterburg shahrida ish beruvchisi tomonidan tortib olingan fuqarolarning pasportlari qaytarildi. Perm va Nijnevartovskda moliyaviy og`ir ahvolga tushib qolgan fuqarolarga ko`maklashildi.

Irkutsk shahrida qiyin ahvolda qolgan fuqaro ikki nafar farzandi bilan vatanga qaytarilishida yordam ko`rsatildi. Volgograd, Krasnodar va Novosibirskda mehnat qilayotgan bir guruh fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.

    Boshqa yangiliklar