AsosiyDunyo

Rossiyada 50 ga yaqin avtomobil YTHga uchrashi oqibatida 4 kishi halok bo`ldi

'Rossiyada 50 ga yaqin avtomobil YTHga uchrashi oqibatida 4 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

8 yanvar kuni Rossiyaning Novgorod viloyatida 50 ga yaqin avtomobil ishtirokida yo`l-transport hodisasi yuz berdi.

Hodisa soat 14.45 da magistralning 526-kilometrida sodir bo`lgan. To`qnashuv ob-havo sharoitining keskin yomonlashuvi sabab yuz bergan. Gidrometeorologiya markazi ma`lumotlariga ko`ra, dushanba kuni ertalab Novgorod yaqinida kuchli qor yog`gan.

Hodisa oqibatida to`rt kishi halok bo`lgan. Ular orasida 2023 yilda tug`ilgan chaqaloq ham bor.

Hozirda voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yo`l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi, Tergov qo`mitasi xodimlari ishlamoqda. Novgorod viloyati prokuraturasi ommaviy avtohalokat yuzasidan tergov tashkil qildi.

    Boshqa yangiliklar