AsosiyJamiyat

Haj-2024 mavsumida ziyoratchilar uchun bir qancha qulayliklar yaratiladi

'Haj-2024 mavsumida ziyoratchilar uchun bir qancha qulayliklar yaratiladi'ning rasmi

2024 yil 8 yanvar kuni Jidda shahrida Haj va umra xizmatlari anjuman-ko`rgazmasida O`zbekiston delegasiyasi faol ishtirok etdi. Mazkur nufuzli tadbirda O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi Sodiqjon Toshboev bevosita qatnashdi.

Tadbirda dunyoning 80 dan ortiq davlatlaridan vazirlar, muftiylar, haj va umra tadbirlarini tashkil etishga mas`ul Saudiya Arabistonining idoralari va xalqaro kompaniyalar ishtirok etdi. 

Ko`rgazma doirasida mehmonxona, ovqatlanish, transport, qurbonlik, Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylarida xizmat ko`rsatish bo`yicha zamonaviy loyihalar taqdimot qilindi.

Haj va umra vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia hojilarga o`tgan yili 20 ta yirik shirkat xizmat qilgan bo`lsa, bu yil ularning soni 35 taga etishi, Arofat vodiylarida hojilarga qulaylik yaratish maqsadida jami 5 mlrd riyol (1,3 mln AQSh dollari) sarflangani, 14 mingdan ortiq tahoratxona qurilgani, o`tgan yillarda 44 ming nafar ishchi ziyoratchilarga xizmat qilgan bo`lsa, bu yil ularning sonini 120 mingga etkazilishini bildirdi.

Shuningdek, pandemiyadan avval bir yilda 8,5 million ziyoratchi umra ibodatini ado etgan bo`lsa, 2023 yil 13 mln 550 ming nafar ziyoratchi kelganini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar