"Qamchiq" dovonida yuk avtomobili YTHga uchradi. Yuu haqda YHXX xabar qilmoqda.
Birlamchi ma`lumotga ko`ra, 2024 yil 9 yanvar kuni soat 20:30 larda Namangan viloyatining Pop tumani hududidan o`tuvchi A-373 avtomobil yo`lining 225-kilometrida "Vodiy-Toshkent" yo`nalishida harakatlanib kelayotgan "Chacman" rusumli yuk avtomobili haydovchisi, 1988 yilda tug`ilgan N.I. tezlikni oshirganligi sababli rul boshqaruvini yo`qotgan va yo`lni ikkiga ajratib turuvchi temir to`siqqa urilib ag`darilgan. YTH natijasida transport vositasida yong`in yuzaga kelgan.
Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Hodisa natijasida haydovchi N.I. va yo`lovchisi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Hozirda ushbu YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






