Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori Tohir Musoev 44 yoshida vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
T. Musoev 1979 yil 29 oktyabrda Buxoro viloyatida tug`ilgan. Buxoro davlat tibbiyot institutida bakalavr va klinik ordinaturani tamomlagan. Rossiya Xalqlar do`stligi universitetida “Yurak-tomir xirurgiyasi” mutaxassisligi bo`yicha aspiranturada tahsil olgan.
Mehnat faoliyatini Buxoro davlat tibbiyot institutida kafedra assistenti va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali II-xirurgiya bo`limi vrach-ordinatori sifatida boshlagan.
Turli yillarda Buxoro davlat tibbiyot instituti katta o`qituvchisi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori o`rinbosari, mazkur tibbiyot muassasasi bosh shifokori kabi lavozimlarda ishlagan.
T. Musoev 2020 yildan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori sifatida samarali faoliyat ko`rsatib kelayotgan edi.
Sog`liqni saqlash vazirligi mehnat faoliyatini tibbiyot sohasiga baxsh etgan jonkuyar va tashkilotchi rahbar Musoev Tohir Yaxyoevichning vafoti munosabati bilan marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor ettgan.






