AsosiyJamiyat

O`zbekistonning 4 ta hududida aholi tez ko`payayotgani ma`lum qilindi

'O`zbekistonning 4 ta hududida aholi tez ko`payayotgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Toshkent shahri, Surxondaryo, Namangan va Qashqadaryo viloyatlari aholisi tez o`smoqda. Bu haqda Statistika agentligi ma`lumotlarida qayd etildi. 

Agentligining dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2024 yil 1 yanvar holatiga O`zbekistonning doimiy aholisi qariyb 36,8 mln kishini tashkil etgan.

Bu ko`rsatkich 2023 yilning shu davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga ko`paygan.

 Hududlar kesimida doimiy aholi sonining o`sishi:

Qoraqalpog`iston R. – 1,3 %

Andijon viloyati – 2,2 %

Buxoro viloyati – 1,7 %

Jizzax viloyati – 2,2 %

Qashqadaryo  viloyati – 2,2 %

Navoiy viloyati – 1,9 %

Namangan viloyati – 2,3 %

Samarqand viloyati – 2,2 %

Surxondaryo  viloyati – 2,5 %

Sirdaryo viloyati – 1,9 %

Toshkent viloyati – 1,9 %

Farg`ona viloyati – 2,1 %

Xorazm viloyati – 1,9 %

Toshkent shahri – 2,9 %

    Boshqa yangiliklar