Toshkent shahri Chilonzor tumanida CHERY va BYD ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda IIBB Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Kecha, 29 yanvar kuni soat 23:40 larda Chilonzor tumani Baynalminal-Muqimiy ko`chalari kesishgan chorrahasida 1986 yilda tug`ilgan F.J. boshqaruvida bo`lgan BYD hamda 1999 yilda tug`ilgan S.M. boshqaruvida bo`lgan CHERY avtomashinalari ishtirokida yo`l-transport hodisasi yuz bergan.
Mazkur YTH oqibatida BYD hamda CHERY avtomashinalari haydovchilariga birinchi yordam ko`rsatish uchun shifoxonaga olib borilgan.
“Holat bo`yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Barcha yo`l harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini so`raymiz”, deyiladi xabarda.






