AsosiyJamiyat

O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi Musulmon oqsoqollari kengashiga a`zo bo`ldi

'O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi Musulmon oqsoqollari kengashiga a`zo bo`ldi'ning rasmi

Al-Azhar imom-xatibi, Musulmonlar oqsoqollari kengashi raisi doktor Ahmad At-Toyyib O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, O`zbekiston bosh muftiysi Nuriddin Xoliqnazarovni kengash qarori bilan Musulmon oqsoqollari kengashi a`zoligiga qabul qilinganini e`lon qildi. Bu haqida O`zbekistonning BAAdagi elchixonasi xabar berdi.  

Shayx Nuriddin Xoliqnazarov 2021 yil 19 oktyabrdan buyon O`zbekiston musulmonlari idorasi rahbari va O`zbekiston Respublikasi Oliy muftiysi lavozimlarida ishlab kelmoqda. Butun kasbiy faoliyati davomida Asaka shahridagi Ahmad Ali Maxdum jome masjidida, so`ngra Toshkent shahridagi Oqtepa masjidida imom va voizlik qilgan. Toshkent shahridagi Ko`kaldosh nomidagi islom bilim yurtida, Andijon viloyatidagi Sayyid Muhiddin Maxdum nomidagi islom bilim yurtida muallimlik qilgan. Bundan avval u Andijon viloyati imom-xatiblari boshlig`i, 2019-2021 yillarda esa O`zbekiston poytaxti Toshkent shahri imom-xatiblari boshlig`i lavozimlarida ham ishlagan.

Shayx Nuriddin Xoliqnazarov 1968 yilda Andijon viloyati Asaka shahrida tug`ilgan, 1992 yilda Buxoro shahridagi “Mir Arab” maktabini tamomlagan. Shuningdek, Imom Al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida tahsil olgan va O`zbekiston xalqaro islom akademiyasini tamomlagan.

Musulmonlar oqsoqollari kengashi bosh kotibi  Muhammad Abdulsalom O`zbekiston Respublikasi hukumati va Shayx Nuriddin Xoliqnazarovga o`z minnatdorchiligini bildirib, o`zining boy tarixi, rang-barang merosi va chuqur intellektual, madaniy va diniy ta`sirga ega bo`lgan merosi bilan Markaziy Osiyodagi musulmonlar oqsoqollar kengashining roli va faoliyatini oshirish maqsadida Shayx Nuriddin Xoliqnazarov bilan hamkorlik qilishni sabrsizlik bilan kutmoqda. Bu hamkorlik, shuningdek, dinlar o`rtasidagi muloqot, bag`rikenglik, tinch-totuv yashash va o`zaro hurmatni rivojlantirishga qaratilgan.

O`z navbatida, Musulmon oqsoqollari kengashining yangi tayinlangan a`zosi, O`zbekiston musulmonlari idorasi rahbari Shayx Nuriddin Xoliqnazarov hazratlari mazkur kengashga a`zo etib tayinlangani shaxsan o`zi uchun hamda O`zbekiston va O`rta Osiyoning barcha xalqlari uchun katta faxr va iftixorligini ta`kidladilar. Shayx Nuriddin Xoliqnazarov Al-Azhar bosh imomi va Musulmon oqsoqollari kengashi raisi doktor Ahmad at-Toyib hazratlari, kengashning barcha a`zolari va Bosh kotibiga ushbu nufuzli xalqaro organga a`zo etib tayinlanganlari uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Kengashning musulmon dunyosi manfaatlariga xizmat qilish, tinchlikni mustahkamlash, muloqotni keng olib borish, hamkorlikni rivojlantirish, O`zbekistonda mavjud bo`lgan islom merosini asrab-avaylashga qaratilgan maqsadlariga erishish uchun barcha sa`y-harakatlarni amalga oshirishga va`da berdi.

Musulmonlar oqsoqollar kengashi Abu-Dabida 1435 yilning 21 ramazonida, 2014 yilning 19 iyuliga to`g`ri keladi, Al-Azhar bosh imomi doktor Ahmad at-Toyib raisligida tashkil etilgan mustaqil xalqaro tashkilotdir. Kengash tarkibiga bir qancha olimlar, qozilar va o`zining adolatliligi, mo``tadilligi va mustaqilligi bilan mashhur bo`lgan arboblar kiradi. Musulmonlar oqsoqollari kengashining maqsadi musulmon va musulmon bo`lmagan jamiyatlarda tinchlikni ta`minlash, muloqot, bag`rikenglik va hamjihatlik qadriyatlarini targ`ib qilish va mustahkamlashdan iborat.

 

    Boshqa yangiliklar