AsosiyJamiyat

O`zbekistonda telefon so`zlashuvlarini eshitish uchun elektron sanksiya berish tizimi joriy etiladi

'O`zbekistonda telefon so`zlashuvlarini eshitish uchun elektron sanksiya berish tizimi joriy etiladi'ning rasmi

O`zbekistonda jinoyat ishlari doirasida ayrim prosessual harakatlarni amalga oshirish uchun elektron sanksiya berish tartibi joriy etiladi. Bu haqda “O`zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo`llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi aytildi.

Loyihaga ko`ra, davlat siri va qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa ma`lumotlar bilan bog`liq ishlarda elektron sanksiya berilmaydi.

Loyihada ko`rsatilishicha, bunday taklif Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan.

Shuningdek, “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yo`nalishi bo`yicha Qurolli Kuchlar, sohaga mas`ul boshqa vazirlik va idoralarning kiberxavfsizlik hamda epidemiologik barqarorlikni ta`minlash bo`yicha salohiyatini keskin oshirish maqsadida:

kiberxavfsizlik infratuzilmasi muhim elementlari hisoblanuvchi axborot tizimlari attestasiyasi va ekspertizasi uchun har bir vazirlik va idorada mas`ul shaxslar javobgarligi belgilanadi;

mazkur yo`nalishlarda kadrlar tayyorlash bo`yicha o`quv dasturlari va o`qitish metodikalarini zamonaviy tahdid va tajribadan kelib chiqqan holda takomillashtirish choralari ko`rib boriladi;

mamlakatning raqamli va harbiy-tibbiy infratuzilmasini takomillashtirish, mas`ul idoralarni zamonaviy texnika va tibbiyot apparaturalari bilan bosqichma-bosqich ta`minlash dasturi amalga oshiriladi;

fuqarolar shaxsiy ma`lumotlarining himoyasini kafolatli ta`minlash, bank va to`lov tizimlari uchun firibgarlikka qarshi va zamonaviy biometrik tizimlari joriy etiladi.

Davlat dasturi loyihasi bo`yicha jamoatchilik muhokamasi 14 fevralgacha davom etadi.

    Boshqa yangiliklar