AsosiyJamiyat

Quvada bir nechta fuqarolar yo`l yoqasida ketayotgan boshqa fuqaroni do`pposlashdi

'Quvada bir nechta fuqarolar yo`l yoqasida ketayotgan boshqa fuqaroni do`pposlashdi'ning rasmi

Joriy yilning 30 yanvar kuni fuqarolar B.M.,  J.T., J.X. hamda D.A. birgalikda  ko`chada ketayotgan fuqaro Sh.S.ni to`xtatishib,  o`zaro kelishmovchilik ortidan uni pichoq bilan qo`rqitib do`pposlashgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi “b” hamda “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishildi. 

Ushbu shaxslardan jabrlangan fuqarolar bo`lsa, yaqin oradagi ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari so`raladi. 

    Boshqa yangiliklar