AsosiyJamiyat

Toshkentda bir oyda bir marta “Avtomobilsiz kun” tadbiri o`tkaziladi

'Toshkentda bir oyda bir marta “Avtomobilsiz kun” tadbiri o`tkaziladi'ning rasmi

Toshkentda oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi amalga oshirilishi kutilmoqda.

Bu haqda “O`zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo`llab-quvvatlash” yilida amalga oshirish bo`yicha davlat dasturiga oid prezident farmoni loyihasida keltirilgan.

Unda aytishicha, bu loyiha keng jamoatchilik vakillari va ekofaollar taklifi bo`lib, avtomobillardan chiqindi gazlar ta`sirini kamaytirish maqsad qilingan.

Bunda binosi Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va hududiy ijro etuvchi organlarining rahbar xodimlari va xodimlari jamoat transportida ish joyiga kelishi orqali aholiga namuna ko`rsatib borishi lozim.

Ushbu hujjat loyihasi muhokamasi 14 fevralgacha davom etadi.

    Boshqa yangiliklar