2024 yil 1 fevraldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy o`zgarishlarning sharhi Norma.uz portali tomonidan taqdim etildi.
Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etilmoqda
Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik sub`ektlari soliq tekshiruvlaridan ozod qilinadi hamda bir qator afzalliklarga ega bo`lishadi.
Import qilingan elektr jihozlarini dilerlar realizasiya qiladilar
O`zbekistonga bir qator elektrotexnika mahsulotlarini olib kirishda ishlab chiqaruvchining vakolatli vakillari yoki rasmiy dilerlari bo`lishi talab qilinadi. Ular sifat, mahsulot xavfsizligi, xizmat ko`rsatish kafolatlarini ta`minlashi, shuningdek servis xizmatlariga ega bo`lishi kerak.
Ijtimoiy ta`minot
Reestrga kiritilgan o`zgalar parvarishiga muhtoj yolg`iz keksalar hamda nogironligi bo`lgan shaxslarga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar shartnoma asosida ko`rsatiladi.
Tadbirkor ayollarni qo`llab-quvvatlash
Ta`lim tashkilotlarida Oila va xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasi mablag`lari hisobidan tajribali kasanachi va hunarmandlarni jalb qilgan holda kasanachilik va hunarmandchilik yo`nalishida yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar uchun o`quv kurslari ochilmoqda. Har bir bitiruvchiga sarflangan o`qitish xarajatlarining 70% igacha, biroq BHMning 5 baravaridan oshmaydigan qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.
«Yashil» energiya
«Yashil energiya» axborot tizimi to`liq funksional rejimida ishga tushiriladi.
Markirovkalashdan keyin maishiy texnikani ro`yxatdan o`tkazishMaishiy texnikani ro`yxatdan o`tkazish, muvofiqlik sertifikatini berish va majburiy raqamli markirovkalanadigan maishiy texnikalarning muvofiqlik deklarasiyasini ro`yxatdan o`tkazish qat`iy ravishda tegishli markirovka kodini olgandan keyin amalga oshiriladi.






