Kecha, ijtimoiy tarmoqda erkak tomonidan farzandini urib, shafqatsiz munosabatda bo`layotganligi haqida xabar bergan edik.
Aniqlanishicha, Termiz shahrining “Temiryo`lchi” mahallasida yashovchi 42 yoshli erkak 2024 yil 28 yanvar kuni yashash uyida 4 yoshli o`g`lini har kuni do`konga olib borishini va turli xil shirinlik va o`yinchoqlar olib berishini so`raganligi uchun qo`pol so`zlar bilan haqorat qilib, engil tan jarohati etkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Ma`muriy javobgarlik tug`risidagi kodeksining 41 (Haqorat qilish) va 59-2 (Oilaviy (maishiy) zo`ravonlik) moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilishi va to`plangan hujjatlar sudga yuborilishi ta`minlandi.
31.01.2024 14:53
Surxondaryoda farzandini urib, shafqatsiz munosabatda bo`lgan otaga nisbatan Ma`muriy javobgarlik bilan ish qo`zg`atildi






