Toshkent shahrida MFY raisi 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari axborot xizmati xabar berdi.
Jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudining 2024 yil 29 yanvardagi hukmiga asosan, N. Abdullaev Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
Unga nisbatan 3 (uch) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.






