Prezident Shavkat Mirziyoev farmasevtika sohasini tartibga solish, aholini sifatli va xavfsiz dori vositalari bilan ta`minlash masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi.
Dunyoda farmasevtika sanoati kengayib bormoqda, dori-darmonlarning yangicha turlari va tarkiblari paydo bo`lmoqda. Bu ularning sifatini doimiy nazorat qilish, nojo`ya ta`sirlarini aniqlash va tahlil etish zaruratini tug`dirdi.
Shu bois 23yanvar kuni “Farmasevtika sohasini tartibga solish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko`ra, dorilarva tibbiy buyumlarni tayyorlovchi hamda sotuvchi tashkilotlar bu mahsulotlarning sifati va xavfsizligi uchun ham mas`ul etib belgilandi. Shundan kelib chiqib, ularga nisbatan davlat nazoratini amalga oshirishning alohida qoidalari o`rnatiladi.
Dori vositalari iste`molibilan bog`liq xavflarni tezkor aniqlash va chora ko`rishga qaratilgan tizim tashkil etiladi. Buning uchun “Zarur farmakologik nazorat amaliyoti – GVP” standarti joriy etilib, Sog`liqni saqlash vazirligida dorilarning nojo`ya ta`siri to`g`risida elektron baza shakllantiriladi. Bu haqdagi ma`lumotlarni tibbiyot xodimlari va aholiga tezkor etkazish yo`lga qo`yiladi.
Dorilar va tibbiy buyumlarni saqlovchi bojxona va erkin omborlar bosqichma-bosqich “Zarur saqlash amaliyoti – GSP” qoidalari talablariga muvofiqlashtiriladi. Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Zarur amaliyotlar markazi davlat korxonasi sifatida qayta tashkil etiladi.
Teleradiokanallar orqali dorilarva biologik faol qo`shimchalarni reklama qilish Sog`liqni saqlash vazirligida tashkil etiladigan maxsus kengashning xulosasi asosida mumkin bo`ladi.
Davlatimiz rahbari butarmoqning aholi salomatligi va iqtisodiyotdagi ahamiyatini ta`kidlab, farmon ijrosini samarali tashkil etish bo`yicha qo`shimcha ko`rsatmalar berdi.






