1-kun. Kun davomida 2-3ta qaynatilgan tuxum va cheklanmagan miqdorda mevalar, sabzavotlar eng.
2-kun. 1 l. kefir va 500 gr. yog`siz tvorog eng.
3-kun. Cheklanmagan miqdorda hom meva va sabzavotlar eyishingiz, 1 l. kefir, 1 l. meva sharbati ichishingiz mumkin.
4-kun. 500 gr. tovuq go`shti yoki baliq eng, 1 l. kefir iching.
5-kun. 500 gr. tvorogni yog`siz smetana bilan iste`mol qiling. 1 l. kefir iching.
6-kun. Bugun esa sabzavotli engil salatlar va 300 gr. tovuq go`shti tanovvul qiling.
7-kun. Va nihoyat non va go`shtga gal keldi.150 gr. mol go`shti, pomidor va bodringdan o`simlik yog`i qo`shilgan salat eyishingiz mumkin.
8-kun. 150 gr. baliq, 2 bo`lak qora non, cheklanmagan miqdorda pomidor va bodringli salat eng.
9-kun. 2 ta qaynatilgan tuxum, 150 gr. mol go`shti, 4 bo`lak qora non, sabzavotli salatlar va kefir.
10- kun. Oxirlay deb qoldik. 1 l. kefir, meva va sabzavotlardan qancha xohlasangiz shuncha eng.
11-kun. Qirqiga chidagan qirq biriga ham chidang. Axir go`zal bo`lish osonmi?! 300 gr. tovuq go`shti, 2 ta tuxum, va to`yguningizcha sabzavotli salatlardan eng.
12-kun. Tabriklaymiz, endi sizning podiumda viqor bilan yurgan xonimchalardan kam joyingiz yo`q. So`nggi kunda esa 4 dona qaynatilgan tuxum, 1 l. kefir va turli-tuman mevalardan eb, parhezni tamomlang.





