O`zbekiston fuqarolari Yaponiyaga qurilish va ishlab chiqarish sohalarida ishga taklif etiladi. Bu haqidi , deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, qurilish sohasida (kafel terish, opalubka, qurilish havozalarini o`rnatish) oylik maosh 1500 AQSh dollaridan boshlanadi (Yaponiya ienasida to`lanadi). Nomzodlarga qo`yilgan talablar:
- yapon tilini N5 yoki undan yuqori darajada bilish;
- 18-30 yoshgacha bo`lgan erkaklar;
- maktab, lisey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan bo`lishi;
- sudlanmagan va sog`lom bo`lishi;
- kamida 3 yillik mehnat shartnomasi asosida ishlashga tayyor.
Qurilish sohasida ro`yxatdan o`tish.
Shuningdek, ishlab chiqarish sohasida (mebelsozlik) oylik maosh 1100 AQSh dollaridan boshlanadi (Yaponiya ienasida to`lanadi). Ish vaqti: haftasiga 40 soat (qo`shimcha ish soatlari uchun alohida ustama haq to`lanadi). Ish beruvchi tomonidan qoplanadigan xarajatlar:
- O`zbekistondan Yaponiyagacha bo`lgan aviachipta yo`l kira haqi;
- aeroportdan kutib olib, yashash joyigacha kuzatib borish.
Ishlab chiqarish sohasida ro`yxatdan o`tish.
Fuqarolar ish beruvchi bilan suhbat asosida ishga qabul qilinadi. Tanlov kuni va vaqti haqida qo`shimcha ma`lumot beriladi. Ro`yxatdan o`tish har bir soha bo`yicha 500 nafar nomzodga etganda to`xtatiladi.
Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqam 41, 42).






