“Plastik”dagi pul qayoqqa yo`qoldi?

Savol-javob 17.11.2016, 16:02
Teglar: Plastik kartochka
“Plastik”dagi pul qayoqqa yo`qoldi?

Yaqinda plastigimda muayyan miqdordagi pul yo`qolganini sezib qoldim. Bu holatda kimga murojaat qilishim kerak?

Dilfuza Inog`omova, Chirchiq sh.

M. EShMATOV, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki rais o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 30 aprelda 1344-son bilan ro`yxatdan o`tkazilgan Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni O`zbekiston Respublikasida muomalada bo`lishi tartibi to`g`risida Nizomga muvofiq, har bir plastik karta egasi o`z kartasi hisobidagi pul mablag`ini tasarruf etish huquqini beruvchi shaxsiy identifikasiya raqami (PIN-kod)ga ega. PIN-kod karta o`g`irlangan yoki yo`qotib qo`yilgan taqdirda ham xavfsizlikni ta`minlovchi so`nggi to`siqdir. Plastik karta taqdim etilayotgan paytdagi bank-mijoz shartnomasiga muvofiq, karta PIN-kodi uning egasi tomonidan boshqa shaxsga oshkor qilingan taqdirda, barcha tranzaksiyalar uchun mas`uliyat karta egasi zimmasida qoladi. Noto`g`ri terilgan PIN-kod plastik kartani avtomatik ravishda blokirovka qilishga asos bo`ladi. Plastik karta ochilgan bankka ariza bilan murojaat qilib, kartangizdagi pul mablag`lari ishlatilishi bilan bog`liq batafsil ma`lumotni olishingiz mumkin.

Sharhlar

​PLASTIK KARTOChKALAR BO`YIChA TARIFLAR REJASI YaNGILANDI

18.09.2017, 11:55

Markaziy bank va O`zbekiston banklar assosiasiyasi banklararo chakana to`lov tizimida mijozlarga xizmat ko`rsatishda “so`m” plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank va nobank kredit tashkilotlari...
​O`zbekistonda yangi plastik haydovchilik guvohnomalari joriy etiladi

22.06.2017, 13:51

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyundagi «Ichki ishlar organlari tizimida davlat xizmatlari ko`rsatish sifatini yanada takomillashtirish va tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qaroriga asosan...
​GlobUzCard’ga texnik ma`lumotlar taqdim qilinishi UZCARD tizimini xatarga qo`yadi

19.06.2017, 09:42

2014 yil fevraldan buyon muntazam ravishda matbuotda O`zbekistonda xalqaro to`lov tizimlari bilan integrasiyaga kirishadigan va mavjud UZCARD to`lov tizimi bilan raqobatga kirishadigan yangi, universal to`lov...
​Temir yo`l chiptalarini uydan turib CLICK orqali xarid qilish xizmati yo`lga qo`yildi

08.06.2017, 14:02

CLICK kompaniyasi “O`zbekiston temir yo`llari” AJ bilan hamkorlikni yo`lga qo`ydi.Buning natijasida endilikda CLICK foydalanuvchilari temir yo`l chiptalarini uylaridan yoki ofisdan chiqmasdan turib olish imkoni joriy...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1