Kecha Misrdan Toshkentga gepatit C ga qarshi "Sofosbuvir-400mg" dori vositasining beshinchi partiyasi etkazib berildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
O`zbekiston elchixonasi xabariga ko`ra, Misr hukumati tomonidan 2025 yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million AQSh dollariga bo`lgan jami 800 ming dona S gepatitiga qarshi "Daclatasvir" va "Sofosbuvir-400mg", V gepatitiga qarshi "Entekavir" dori vositalarining berilishi bo`yicha kelishuvga erishildi.
2023 yil davomida umumiy qiymati 696 ming dollarga teng bo`lgan mazkur dori vositalari mamlakatimizga bosqichma-bosqich yuborildi.
10 fevral kuni "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi S gepatitiga qarshi "Sofosbuvir-400mg" dori vositasini to`rtinchi marotaba Toshkentga etkazib berdi. Umumiy 12 dona qutilarda 6720 dona "Sofosbuvir-400mg" dori vositalari O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
Mutaxassislar hisob-kitobiga ko`ra, bir nafar bemorning 3 oylik to`liq davolash kursi uchun 3 qadoq "Daclatasvir" va 3 qadoq "Sofosbuvir" kerak bo`ladi. Mazkur davolash kursining Misrdagi o`rtacha narxi $31, O`zbekistonda esa joriy yilga qadar 100 dollarga deya baholanib kelingan. Misr hukumati taqdim etadigan 800 ming dona dori vositasi jami 133 ming bemorga etadi. Ya`ni, agarda gepatit S ga qarshi dori vositalarini shu paytgacha xorijdan xarid qilinayotgan baholarda sotib olinganda O`zbekiston davlat byudjetidan 13,3 million dollarga sarflangan bo`lardi. Davlatimiz byudjetidan iqtisod qilingan mablag`lar gepatitni aniqlash bo`yicha aholini "skrining" qilish hajmini joriy 10 mingdan 1 millionga qadar oshirish, viruslarni aniqlab, kasallikka to`liq barham berishga imkon yaratishi kutilyapti.






