1

Erkaklarga qanday maza! Mana, buning 15 isboti!

SUG'DIYONA 18.11.2016, 12:17
Teglar: Ayol, Erkak, Er-xotin
Erkaklarga qanday maza! Mana, buning 15 isboti!

— Eh, xotin! Men bo`lmasam, nima qilarding-a?

— Shuni ayting, sizsiz uyimdagi divanim huvillab qolarmidi... Yaxshiyam bor ekansiz, dadasi, — shunday deya idishlarni yuvish uchun necha oydan beri buzilib yotgan jo`mrakdan jildirab oqayotgan suvga tutaman. «Ha, erkaklarga mazza», deymanu qo`lim ishdan bo`shamaydi, xayolim o`ydan. Qiziq-da, o`ylab ko`ring:

 

  1. Anjelina Joli allaqachon «modadan qolgan» bir paytda sevimli aktyorimiz Murod Rajabovni omma qanchalik yaxshi ko`rishiga ahamiyat berganmisiz?
  2. Bir haftalik dam olishga borsa ham bittagina sumka bilan cheklana oladi. Qaytar chog`ida ham yukning kerakli vazndan ortib ketish xavfi bo`lmaydi.
  3. Ertalablari uni «egnimga nima kiysam ekan?» degan savol qiynamaydi.
  4. Erkaklar libosi sotiladigan do`konlarda kiyimni kiyib ko`rish uchun uzoq navbat kutmaydi.
  5. To`y yoki boshqa biror marosimga borib kelib, «endi qanday ozaman, qaysi parhezni tutsam ekan», deb o`ylanib o`tirmaydi.
  6. To`yga ketayotib, «bu kostyumimni qarindoshlarim ko`rgan», deb bosh qotirmaydi.
  7. Do`stlari qomatining o`zgarishiga tanqidiy fikr bildirishmaydi. Oshna-og`aynilari uchun yangi shimini qaysi bozordan necha pulga olganining ham ahamiyati yo`q.
  8. Erkaklar «xotinim kecha ishdan kech qaytdi, sababi nimada ekan-a…» deb o`ylamay, xotirjam futbol tomosha qiladi.
  9. «Mo`ylovim bilinmayaptimi? Qoshimni terdirsammi», degan bema`ni fikr ularda umuman yo`q.
  10. Telefon orqali suhbat uzog`i bilan 40 soniya vaqtni olishi mumkin. Eng muhimi, bu qisqa fursat ichida u eng muhim masalalarni ikir-chikirigacha hal etishga ulguradi.
  11. U ona deb atalmish himoyachisi borligini biladi. Shuning uchun ham aybdor bo`lsa-da, doim suvdan quruq chiqadi.
  12. Biror tantanaga kimdir unikiga aynan o`xshash kostyum kiyib kelsa, asabiylashmaydi. Aksincha, u hatto o`sha odam bilan do`stlashib ketishi ham mumkin.
  13. Dush, sochiq, taroq (ba`zan taroq ham shart emas). Bo`ldi, uning soch turmagi tayyor!
  14. Ishga kirayotib, rahbari uchun nechta farzandi borligi, tez-tez kasallikka chalinib, ish qoldirmasligining ahamiyati yo`q.
  15. Eng muhimi, u hech qachon o`zidan chiroyliroq jononni ko`rib, «erimga ko`z olaytirmadimikan», deb xavotirlanmaydi.

Xulosa: aziz dugonalar! Bu gaplarni erjoningizga o`qib bering. Balki shunda ular ayol bo`lish osonmasligini tushunishar, nima dedingiz?

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1