1

O`zbekiston elchisi Kuvayt TIVga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi

Siyosat 21.02.2024, 17:42
O`zbekiston elchisi Kuvayt TIVga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi

O`zbekistonning yangi tayinlagan elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt tashqi ishlar vaziri Abdulloh Ali al-Yahyoga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Kuvayt tashqi siyosat idorasida bo`lib o`tgan uchrashuvda ikki tomonlama yaqin hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

O`zbekiston va Kuvayt o`rtasida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ilm-fan, ta`lim va madaniy-ma`rifiy sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada chuqurlashtirish, o`zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va qo`shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish yo`nalishlarida hamkorlik jadallashtirish muhimligi alohida ta`kidlandi.

Tomonlar, shuningdek, joriy yilda rejalashtirilgan tadbirlar jadvalini ham ko`rib chiqdilar.

Suhbat yakunida Kuvayt tashqi ishlar vaziri O`zbekiston elchisini mas`uliyatli lavozimga tayinlangani bilan samimiy qutlab, diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1