1

Dangasalikdan qutulish sari 7 qadam

SUG'DIYONA 19.11.2016, 10:35
Teglar: SUGDIYONA
Dangasalikdan qutulish sari 7 qadam

«Buni keyinroq bajararman. Ertaga qilsam-chi? Yo indinga qoldiraymikan?..» Bu gaplarni qanchalik ko`p ishlatasiz? Har kuni?! Axir o`sha «keyin» ham qachondir kelishi kerak-ku! Xuddi ayoliga uydagi yumushlarni bajarishga va`dabozlik qilgan multfilm qahramoni kabi uyingizdagi buyumlardan tog` paydo bo`lib, qulab tushishi mumkin. Xo`sh, nima qilish kerak?

  1. Nimani yo`qotayotganingizni o`ylab ko`ring. Til o`rganishni orqaga surayapsizmi? Unda sizni xorijga xizmat safariga yuborishmaydi. Ovqatni kechiktirsangiz, yo`q joydan janjal chiqib, ko`ngil xira bo`ladi.
  2. O`zingizga stimul toping. Atrofingizga nazar tashlang: tengqurlaringiz sizdan o`zib ketibdi-ku! Hasadingiz kelayaptimi? Unda ishlang.
  3. Diqqatingizni chalg`itmang. Kompyuterda muhim hisobotni tayyorlashingiz kerakmi, «butun dunyo o`rgimchak to`ri»ga ilinmaslikka harakat qiling. Avval ishni bajaring, qolgani kutib turadi.
  4. Oldingizda turgan ishlar juda ko`p bo`lsa, ularni qismlarga bo`lib, eng osonidan boshlang. Yoki aksincha, eng qiyin ishni bajarib bo`lgach, qolgani cho`t bo`lmay qoladi.
  5. Siz ishlayotganda o`zgalar bezovta qilmasligini ta`minlang. Telefon, turli gurunglar odamni ishdan chalg`itadi. Ularga berilmaslik tadbirlarini ko`ring.
  6. O`zingizga ish yig`mang. Masalan, ba`zi ishlar (misol uchun, idish yuvish)ni o`sha zahoti qilgan ma`qul. Chunki tartib o`rnatishdan ko`ra uni saqlab turgan osonroq.
  7. O`zingiz kabi o`zgarishni istayotgan hamfikrni toping. Bir-biringizga erishgan eng kichkina yutuqlarni-da gapirib berishga kelishib oling. Shunda o`zingizni avval o`rtog`ingizga, so`ng boshqalarga tan oldirish uchun kattaroq ishlarni bajarishga rag`batlantirasiz.

Maslahatlarni shu joyigacha o`qib tugatdingizmi? Demak, dangasalik zanjirini uzishni boshlabsiz. Endi reja asosida ishlarni taqsimlang. Natijalar ko`zga tashlanishi bilan yutuqlarni o`zingizga o`zingiz sovg`a qilib mustahkamlang.

Sharhlar

Yuzga husnbuzar chiqsa, bu nimaning belgisi?

20.01.2017, 11:59

Husnbuzar yuzingizning qaysi sohasida paydo bo`lganiga ko`ra, organizmingiz uchun qanday muolaja kerakligini bilishingiz mumkin. Demak, ko`zgu qarshisiga turing-da, suratda ko`rsatilganidek, yuz sohalariga diqqat qiling. Agar:...
«Ohu ko`zlar» pardozining 6 qoidasi

20.01.2017, 11:46

Yaqin kunlarda to`yga yoki biror oqshomga otlanayapsizmi? Qanday pardoz qilsam ekan, deb boshingiz qotganmi, unda ushbu pardozni sinab ko`ring. Bu pardoz uchun sizga kulrang, tillarang...
Yuqori marralarni zabt etishning 7 ta siri

19.01.2017, 14:24

Kimning katta yutuqlarga erishib, omad cho`qqilarini zabt etgisi kelmaydi, deysiz. Bilmaymizki, hammasi o`z qo`limizda va buning yo`li juda ham oddiy. Quyida ular bilan tanishasiz... Har...
To`ydan keyingi muhabbat haqida 10 afsona

17.01.2017, 16:39

Mustahkam oila – muammolarsiz emas, balki ularni hal etishga qodir oiladir. Ellik yil birga yashagan er-xotinning oltin to`yida choldan so`rashayapti: – Ota, shuncha yillik turmush...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1