Turkiyaning Diyorbakir shahrida neft qudug`ini burg`ilash vaqtida portlash sodir bo`ldi.
Hodisa oqibatida bir kishi hayotdan ko`z yumdi, deb xabar beradi report.az.
Qayd etilishicha, marhum Ihson Tunarning oilasi voqea joyiga ketayotib yo`l-transport hodisasiga uchragan. Oqibatda uch kishi jarohatlangan.
Ma`lum qilinishicha, neft qudug`i Türkiye Petrolleri Anonim Ortaklığı (TPAO) kompaniyasiga tegishli bo`lgan.






