Ukraina mart oyida Evropa Ittifoqidan 4,5 milliard evro oladi, dedi Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Leen Kievda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal bilan uchrashuvdan so`ng.
Uning so`zlariga ko`ra, bu Evropa Ittifoqining 50 milliard evrolik yangi qo`llab-quvvatlash dasturi doirasidagi birinchi transh bo`ladi.
Shuningdek, u Ukraina rasmiylari bilan Polsha bilan chegaradagi Ukraina eksporti muammolari va mudofaa sohasida hamkorlikdagi ishlarni muhokama qildi.
EI 2024 yil 1 fevralda Bryusselda bo`lib o`tgan sammitda Ukrainaga 50 milliard evro miqdorida uzoq muddatli yordam ko`rsatishga kelishib oldi. Yordam paketi to`rt yilga mo`ljallangan bo`lib, u 33 milliard evro miqdoridagi kreditlarni va 17 milliard evro miqdoridagi qaytarilmaydigan grantlarni o`z ichiga oladi. Mablag` olish uchun Kiev demokratik tamoyillar va inson huquqlarini hurmat qilishi kerak.






