Joylardagi va respublika darajasidagi rahbarlar Sayxunoboddagi ahvolni yaxshilashga e`tibor qaratmagani, pastga tushib ishlamagani, faqat yig`ilish o`tkazish bilan cheklangani tanqid qilindi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Misol uchun, tumanda 2 ming 400 ta ishsiz bor, kambag`allik darajasi – 14 foiz, mahalliy byudjet tushumi 27 milliard so`m, xarajati 67 milliard so`m.
Bir so`z bilan aytganda, Sayxunobodda tadbirkorlik o`smayapti, Yangi O`zbekiston nafasi sezilmayapti, - dedi davlatimiz rahbari.
Shu bois, viloyat hokimining birinchi o`rinbosari, Sayxunobod tumani hokimi va uning birinchi o`rinbosari lavozimidan ozod etilib, o`rniga zamonaviy rahbarlar qo`yildi.
Bugungi yig`ilish 14 ta hudud, 208 ta tuman va shahar hokimlari, ularni o`rinbosarlari, banklar, “mahalla ettiligi” uchun saboq bo`lishi ta`kidlandi.
Davlatimiz rahbari tumandagi muammolarni sanab, ularning echimlarini belgilab berdi.
Eng avvalo, tumanda tadbirkorlikni rivojlantirishda banklarning o`rni sezilmayotgani qayd etildi. Vaholanki, davlat ularga katta resurslar ajratmoqda.






