AsosiyJamiyat

O`tgan yili mahalladagi tadbirkorlik uchun Sayxunobodga 120 milliard so`m berilgan, ammo…

'O`tgan yili mahalladagi tadbirkorlik uchun Sayxunobodga 120 milliard so`m berilgan, ammo…'ning rasmi

O`tgan yili mahalladagi tadbirkorlik uchun Sayxunobodga 120 milliard so`m berilgan. Tuman tadbirkorlari o`tgan yil soliqdan 85 milliard so`mlik imtiyoz olgan.

Lekin bu mablag`lar ish o`rinlariga aylanmayotgani, kambag`allikni qisqartirishga ta`siri sezilmayotgani ko`rsatib o`tildi.

Xususiy sektorda yaratilgan rasmiy ish o`rni bor-yo`g`i 968 taga ko`paygan.

Ya`ni, banklar faqat qaytimni o`ylab, oson yo`l bilan resurslarni doimiy mijoziga berayapti. “Men ham tadbirkor bo`lay, mahallada ish o`rni yaratay”, degan oddiy odamlar chetda qolib ketayapti. Ularga tayyor loyiha paketlari berilmayapti.

Sayxunobodda 2023 yilda ishlab chiqarish hajmi deyarli o`smagan.

Mutasaddilar korxonalarga aylanma uchun pul berib, mahsulotni ko`paytirishga e`tiborsiz bo`lgani qayd etildi.
Bugungi kunda tumanda 1 million so`mlik mahsulot yaratish uchun o`rtacha 126 kilovatt-soat elektr sarflanayapti. Bu – viloyatni qolgan tumanlaridan 2 karra ko`p.

Sababi – 19 ta mahalladan 16 tasida yuqori qo`shilgan qiymat yaratadigan birorta ishlab chiqarish yo`q.

Vaholanki, tumandagi tayyor infratuzilmasi bor 16 ta bino va inshoot qimmatligi uchun bir yildan buyon sotilmay tashlandiq yotibdi. Yana uzoq yillardan beri bo`sh turgan 5 ta ob`ekt auksionga chiqarilmagan.

    Boshqa yangiliklar