AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda fuqarolar tabiatga 41 mlrd so`mdan ortiq zarar etkazdi

'Qashqadaryoda fuqarolar tabiatga 41 mlrd so`mdan ortiq zarar etkazdi'ning rasmi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi, tegishli tashkilotlar va Qashqadaryo viloyati ekologiya boshqarmasi tomonidan Qarshi tumani hududidan oqib o`tuvchi Qashqadaryo daryosida reyd tadbirlari o`tkazilgan.

Reyd davomida daryo qirg`og`idagi muhofaza mintaqasida fuqaro F. K. noqonuniy tarzda tabiiy qum mahsulotlarini o`z ehtiyojlari uchun ma`lum bir haq evaziga qazib olib ketayotganligi aniqlangan. U buning uchun 1 dona “DOOSAN SOLAR 300LS-v” rusumli ekskavator va "KamAZ" rusumli yuk tashuvchi transport vositasidan foydalangan. 

Natijada tabiatga 19 mlrd 433 mln 914 ming 337 so`m zarar etkazilgan.

Bundan tashqari, mazkur hududda fuqaro R. Q. tomonidan 1 dona ekskavator, "Schackmann" va "KamAZ" rusumli yuk mashinasi yordamida tabiiy qum mahsuloti noqonuniy tarzda qazib olinayotganligi aniqlandi. Holat natijasida tabiatga etkazilgan zarar miqdori 22 mlrd 155 mln 780 ming so`mni tashkil qildi. 

"Qonun buzilishi yuzasidan MJtKning 291-moddasi «v» bandiga asosan texnika vositalari jarima maydoniga joylashtirildi. Shuningdek, holatga huquqiy baho berish va aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko`rishni ta`minlash maqsadida tegishli hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi",- deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar