1

«Kamalak» kulchasi - nonushtaga ayni muddao!

SUG'DIYONA 22.11.2016, 10:13
Teglar: Taom
«Kamalak» kulchasi  - nonushtaga ayni muddao!

Zarur masalliqlar (20-25 dona uchun): xamiriga: 500 gr. un, 500 ml. sut, 200 gr. margarin, 1 stakan shakar, 4 dona tuxum, 1 choy qoshiq xamirturush, tuz; ichiga solishga: 600-700 gr. tvorog, yarim stakandan mak va shakar, murabbo, 4-5 osh qoshiq smetana, yarim stakan shakar, bodom.

Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan sutga xamirturush va unning yarmini aralashtirib soling-da, xamir tayyorlang. Xamirni ustidan sochiq bilan yopib, 40 daqiqa issiq joyda qo`ying.

2. Tuxum sarig`ini oqidan ajratib, shakar bilan aralashtiring. Oqini esa tuz bilan ko`pirtiring. Oshirilgan xamirga tuxum sarig`ini qo`shing. Keyin xona haroratida yumshatilgan sariyog`, ko`pirtirilgan tuxum oqi va oxirida qolgan unni qo`shib, xamir tayyorlang. Sochiqqa o`rab, 1 soat tindiring.

3. Smetana va shakarni aralashtirib, tvorog soling. Aralashmaning yarmiga mak qo`shing.

4. Xamirdan kichkina zuvalachalar olib, qo`lingiz yordamida aylana shaklda yoying. Keyin aylanachalarning ba`zilariga murabbo, ba`zilariga makli tvorog va qolganlariga tvorogli aralashmadan solib chiqing. 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo`ying. Pishgach, olovni o`chirib, gaz pechida biroz vaqt qoldiring. Shirin kulchalarning yuzini bodom mag`zi bilan bezab chiqing.

Tayyorlanish vaqti: 3 soat.

 

Sharhlar

​«Osiyo» salati — baqlajon va no`xatdan!

30.06.2017, 15:55

Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan no`xat, 2 donadan baqlajon, pomidor va bulg`or qalampiri, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, o`simlik yog`i, limon sharbati,...
​«Yoz» pirogi — olma va tvorogning ajoyib uyg`unligi

24.06.2017, 11:23

Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog`, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog,...
​O`rikli chizkeyk — yoz yozdek o`tsin!

23.06.2017, 11:11

Zarur masalliqlar: 300 gr. tvorog, 200 gr. o`rik mevasi, 200 ml. smetana, 180 gr. shakar, 100 grammdan uvadalanuvchi pechene va sariyog`, 2 dona tuxum, pichoq...
​Jahongir Otajonov moskvaliklarga xorazmcha “shivit oshi” tayyorlab berdi(Foto)

22.06.2017, 13:44

O`zbek estradasida “jonli ijro qiroli” nomini olgan xonanda Jahongir Otajonov nafaqat yaxshi san`atkor, balki mohir oshpaz ekanligini ko`pchilik bilmasa kerak. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`z...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1