O`zbekistonda McDonaldʼs tovar belgisi ro`yxatdan o`tkazilishi mumkin. Bu haqda Spot xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Reach Impex Adliya vazirligiga McDonaldʼs tovar belgisini O`zbekistonda ro`yxatdan o`tkazish uchun ariza bilan murojaat qildi. Tegishli yozuvlar Intellektual mulk elektron davlat xizmatlari portali bazasida 11 mart kuni 202401749 va 202401748 raqamlari ostida ro`yxatdan o`tkazgan.
Kompaniya bir vaqtning o`zida barcha toifalar bo`yicha arizalarni topshirgan. Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reestri ma`lumotlarida Reach Impex MChJ Toshkent shahrida joylashgan. 2022 yilning 19 aprelida ro`yxatdan o`tgani keltirilgan. Ulgurji ixtisoslashtirilmagan savdo faoliyat turi sifatida ko`rsatilgan.
Ustav kapitali 211,1 mln so`m bo`lgan kompaniyaning ta`sischilari Usmonov Bahodir Burxonovich (60 foiz) va Abdujabbarov Abror Axralovich (40 foiz) bo`lib, u ham kompaniya rahbari lavozimini egallaydi.