MIBning Sergeli tuman bo`limi ish yurituvida IIB YHXB organlari qarorlariga asosan "Matiz" avtotransporti haydovchisi N.A. jami 118 ta qoidabuzarlik sodir etib, 52 million so`mdan ortiq ma`muriy jarimalar ishlab oldi. Uchar haydovchi yo`llarda belgilangan harakat tezligini oshirib, yo`l chiziqlarini bosib, qoidabuzarlik sodir etgan. Bu haqda MIB matbuot xizmati darakchi.uz’ga xabar berdi.
Aniqlanishicha, ayol kishiga tegishli bo`lgan avtomashina ijara sifatida N.A. ga berilgan va u tomonidan 118 ta qoidabuzarlik sodir etilgan.
Byuroning Sergeli tuman bo`limi qarzdor fuqaroga tegishli bo`lgan "Matiz"ga qidiruv e`lon qilinib, qidiruvdan topilgan avtoulov jarima maydoniga joylashtirildi. Xatlangan transport vositasini qarzdorlikni qoplash maqsadida auksion savdolariga chiqarish choralari ko`rilmoqda.






