Ikki qizni dunyoga keltirgan ayol, endi o`g`il farzand ko`rish haqida orzu qildi, ammo unga qo`yilgan dahshatli leykoz – “oq qon” tashxisi, uzoq muddatli kimyoterapiya kursi barcha orzu-umidlariga nuqta qo`ydi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri
Vrachlar uning farzand ko`rish ehtimoli atigi 1 % ekanligi haqida ogohlantirishdi...
Kayli Gilbertda kasallikning ilk belgilari bundan ikki yil ilgari paydo bo`lgandi. U har doim o`zini behol his qilar, birov indamasa, sutkasiga 18 soatlab uxlashi mumkin edi. Ayolning ishda zo`rg`a yurganini ko`rgan boshlig`i unga kasalxonaga borishni tavsiya qildi. Qon tahlili natijalari Kaylining leykoz, ya`ni oq qon tanachalari saratoniga chalinganini ko`rsatdi.
“Menga qo`yilgan tashxisni eshitib, dahshatga tushdim, bir paytlar saratonga chalingan odamlar haqida eshitganimda, dahshatli kasallik menga ham daf qilishi mumkinligi haqida o`ylab ham ko`rmagan ekanman”, deb xotirlaydi ayol.
Vrachlar zudlik bilan kimyoterapiya olish kerakligini, bo`lmasa 72 soat davomida vafot etishi mumkinligi va kimyoterapiyadan keyin hech qachon farzand ko`ra olmasligi haqida ogohlantirishdi.
“Vrachlarning gapini eshitib, tushkunlikka tushdim, chunki har doim o`g`lim bo`lishini orzu qilardim”, — deydi Kayli.
Kimyoterapiya qabul qilgandan keyin u Kaylining ichaklariga aks ta`sir qildi va operasiyani boshdan kechirdi. Shundan keyin ayol o`zini bir muncha engil his qildi, vrachlar ham remissiyani qayd etishdi. Ammo oradan ma`lum fursat o`tgach, Kayli o`zini yana yomon his qila boshladi. Qon tahlillari va UTT tekshiruvi natijasida uning 4,5 oylik homilasi borligi aniqlandi. Buni eshitib, ayolning boshi ko`kka etdi, u sog`-salomat, sog`lom o`g`il farzandni dunyoga keltirdi va uni Eylon deb atadi.
“Ilk marotaba o`g`limni qo`lga olganimda, nimani his qilganimni oddiy so`zlar bilan ifodalab bera olmayman. Yaratgan Egam iltijolarimni eshitdi! Hozir ortimga qarab, qanday kunlarni boshdan o`tkazganimni, endi esa qanchalar baxtli ekanligimni his qilyapman”, — dedi Kayli.
U har olti oyda kasalxonaga borib, sog`lig`ini tekshirtirib turadi.