1

«Sochlarim to`kilib ketayapti, yordam bering!»

SUG'DIYONA 22.11.2016, 11:12
Teglar: Ayol, Go`zallik, SUGDIYONA
 «Sochlarim to`kilib ketayapti, yordam bering!»

Go`zal sochlar har bir ayolning faxri! Afsuski, vaqt o`tgan sari sochlar sekin-asta noziklashib, kamayib boraveradi. Soch to`kilishining oldini olish uchun qilgan harakatlaringiz besamar bo`lsa, buning sababini boshqa joydan qidiring. Chunki sochlar ham xuddi o`zimiz kabi u yoki bu kasallikka chalinishi mumkin.

Sanang!

Soch tolalarining kuniga 60‑100 dona to`kilishi normal holat. Ya`ni bunda soch tolalari yangilanadi. Ammo bundan ko`p to`kilsa, demak, sochlaringizni davolash, oziqlantirish, tiklashga shoshiling!

Nega to`kiladi?

Asosiy sabablar:

  • organizmdagi gormonal buzilish;
  • stress;
  • vitamin etishmovchiligi;
  • tashqi ta`sirlar.

Jiddiy xavf – soch to`kilishi gormonal buzilish yo kasallik alomati yoki asorati bo`lishi mumkin. Bunday holatlarda kosmetik vositalar yordam bermaydi. Buning sababi androgen alopesiya kasalligi bo`lishi ehtimoli bor, u erkaklik gormoni — testesteron ko`payib ketishi oqibatida yuzaga keladi. Bu jarayonni to`xtatish uchun endokrinolog-shifokor ko`rigidan o`tib, kerakli muolajalarni qilish lozim. O`zbilarmonlik bilan davolanish esa nafaqat sochlaringizga, balki butun organizmingiz salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Sochlaringiz uzoq vaqt davomida va ko`p to`kilayotgan bo`lsa, eng avvalo qalqonsimon va oshqozon osti bezlarini tekshirtiring.

Stress ko`p holatlarda soch to`kilishiga olib keladi. Qancha ko`p asabiylashsangiz, soch to`kilishi shuncha faollashaveradi. Bu jarayonni to`xtatish uchun avvalo tinchlaning va ortiqcha asabiylashmaslikni o`rganing.

Gormonal o`zgarishlar. Ayol organizmida homiladorlik va emizish davrida turli gormonal o`zgarishlar ro`y beradi. Masalan, tug`ruqdan 8‑12 hafta keyin ayolda faol ravishda soch to`kilishini kuzatish mumkin. Uning gormonal holati o`z o`rniga tushgach, soch to`kilishi kamayadi, ammo bu holatda ham soch oziqlantirib turilmasa, noziklashib, kamayib ketishi mumkin. Buning oldini olish uchun ayollar albatta vitamin komplekslarini qabul qilish bilan birga sochlarni oziqlantiruvchi niqoblardan foydalanishlari lozim.

Vitamin etishmasligi. V guruhi vitaminlari, S vitamini, sink etishmasligi oqibatida ham sochlar to`kiladi. Shuning uchun sochlaringiz to`kilishi bilan birga tirnoqlaringiz holati ham o`zgarayotgan bo`lsa, turli mikroelementlarga boy bo`lgan vitamin komplekslari qabul qiling.

Tashqi ta`sirlarga esa turli yuvish (shampun, sprey, muss) va quritish (fen, dazmol) vositalari kiradi. Harorat va kimyoviy ta`sirlar natijasida sochlar noziklashib, to`kila boshlaydi.

Davolash

Darvonsal. Bunda maxsus uskuna yordamida zaif elektr toki (100 kGs) bilan soch ildizlari davolanadi. U limfa va qon tomirlari faoliyatini yaxshilab, teriga antiseptik hamda qurituvchi ta`sir ko`rsatadi. Shuningdek, u teri ostidagi yog` ajratuvchi bezlar faoliyatini me`yorga keltirib, yog`li sochlar uchun ham foydali.

Sochlar uchun ozonterapiya. Bunda organizmdan zararli moddalarni chiqarish bilan butun organizm tozalanadi. Qon kislorodga to`yinadi. Bu sochlarga ham ta`sir ko`rsatadi. Ozonoterapiya natijasida bosh terisida qon aylanishi va ildizlar oziqlanishi yaxshilanadi.

Suyuq azot. Bunda maxsus applikator yordamida bosh terisi bir necha soniya davomida uqalanadi. Aksar hollarda boshqa muolajalar bilan birgalikda tavsiya qilinadi.

Oziqlantirish. Sochlaringiz baquvvat va ko`rkam bo`lishini istasangiz, ko`proq baliq, yashil sabzavotlar, dukkakli o`simliklar, yong`oq, tovuq go`shti, tuxum, kepakli non, dengiz mahsulotlari, sabzi iste`mol qiling.

Tabiiysini tanlang. Shampun va boshqa yuvish vositalari tanlaganda iloji boricha tarkibiga ahamiyatli bo`ling, tabiiylarini tanlang. Lak va boshqa turmakni qotiruvchi vositalar sochlarga yomon ta`sir ko`rsatadi. Sochlaringiz to`kilib ketishini istamasangiz, iloji boricha bunday vositalardan foydalanishni kamaytiring.

Odat qiling. Ayol go`zalligi uning salomatligida. Doimo go`zal bo`lishni istagan ayol har yarim yilda ichki a`zolarini ko`rikdan o`tkazib, tekshirtirib turishni o`ziga odat qilishi kerak. Chunki tashqi qiyofangizdagi o`zgarishlar (soch va yuzda) ichki kasalliklar darakchisi bo`lishi ham ehtimoldan holi emas.

Shuningdek, sochlarni ho`lligida taramang, ularni qattiq qilib o`rmang, turmagingizni vaqti‑vaqti bilan o`zgartirib turing.

Do`kon yoki dorixonalarda…

Hozirgi kunda do`kon va dorixona rastalarida sochlarni mustahkamlovchi turli vositalarni ko`rish mumkin. Ammo shu bilan birga, sochning holati va to`kilish sabablarini aniqlamasdan bu vositalarni qo`llash kutilgan natijaga olib kelmasligi mumkin. Shu bois eng avvalo soch to`kilishining sababini aniqlash uchun mutaxassisga murojaat qiling.

Alopeksi soch to`kilishi (androgen alopesiya)ga qarshi vosita bo`lib, bosh terisiga surtiladi. Vositani qo`llashdan avval albatta shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Uy sharoitida…

Haftada bir marta bo`lsa-da, sochlar uchun turli niqoblar qilib turish maqsadga muvofiq.

Zaytun yog`i: yarim stakan zaytun yog`ini suv bug`ida isiting. So`ng barmoqlaringiz bilan bosh terisiga engil uqalab surting. Boshingizga polietilen qalpoqcha kiyib, ustidan issiq sochiq o`rang. 1‑2 soatdan keyin boshingizni iliq suvda shampun bilan yuving. Muolajani 15‑20 marta takrorlash mumkin. Soch to`kilishining oldini olish uchun esa bu muolajani haftada 1‑2 marta takrorlab turish kifoya.

Aloe: 3 osh qoshiq aloe sharbati, 1 osh qoshiq asal, 1 dona tuxum sarig`ini aralashtirib (1 choy qoshiq sarimsoq piyoz sharbatini ham qo`shish mumkin), namlangan sochlar va bosh terisiga surting. 20 daqiqadan so`ng sochlaringizni iliq suvda yuving.

Xina: rangsiz xinani yarim stakan qatiq bilan aralashtiring. Quyuq bo`tqa hosil bo`lishi kerak. Bo`qani sochlaringizga surtib, polietilen qalpoqcha kiyib, ustidan isitilgan sochiq o`rang. Yarim soatdan keyin iliq suvda chaying.

Xantal: 1 choy qoshiq quruq xantalni 2 osh qoshiq achchiq choy bilan aralashtirib, 1 dona tuxum sarig`i qo`shing. Niqobni boshga surtib, polietilen qalpoqcha kiying-da, sochiq o`rang. 20 daqiqadan keyin boshingizni iliq suv bilan yuving.

Piyoz: 1‑2 dona piyoz sharbatini, xuddi shuncha miqdordagi qatiq bilan aralashtirib, bosh terisiga surting. Polietilen qalpoqcha va issiq sochiq bilan o`rab qo`ying. 40 daqiqadan keyin sochlaringizni iliq suv bilan chaying. Qatiq piyoz hidi o`tkirligini yo`qotishga yordam beradi.

Uqalash. Har kuni ishdan qaytganingizdan so`ng kechki payt albatta gardaningiz va bosh terisini engil uqalang. Bu boshdagi qon aylanishini yaxshilab, soch ildizlariga yaxshi ta`sir ko`rsatadi. Ildizlar yaxshi oziqlansa, soch o`sishi ham yaxshilanadi.

Dermotog‑kosmetolog Iskandar VOISOV bilan hamkorlikda Kavsar ASHOBOVA tayyorladi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1