1

Amerikalik ayol "fen" sabab bir qo`lidan ayrildi

Dunyo 28.03.2024, 18:06
Amerikalik ayol "fen" sabab bir qo`lidan ayrildi

AQShning Janubiy Karolina shtatida yashovchi Meri Uilson sochlarini fenda quritmoqchi bo`lib, bir qo`lidan butunlay ayrildi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi. 

Gap shundaki, ayol sochlarini quritish uchun vannaga kirganda uni tok uradi va hushidan ketib yiqiladi. Taxminan 20 daqiqa davomida soch quritgich uning qo`li ostida qolib, ishlashda davom etgan. Oqibatda ayolning bir qo`li kuyib ketgan.

Bundan xabar topgan turmush o`rtog`i ayolni zudlik bilan shifoxonaga olib borgan. Lekin kuyish 3-darajali bo`lgani va u suyakkacha etib borgani uchun qo`lni butunlay kesib tashlashga to`g`ri kelgan.

Operasiyadan so`ng ayol shifoxonada bir oy davolandi va hozirda bir qo`l bilan yashashni o`rganmoqda. Baxtsiz hodisadan so`ng Meri Uilson fen ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga qurilmaga avtomatik o`chish funksiyasini qo`shishni taklif qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1