1

G`azo sektorida 600 nafar isroillik askar haloq bo`lgan

Dunyo 01.04.2024, 17:06
G`azo sektorida 600 nafar isroillik askar haloq bo`lgan

2023 yil oktyabr oyida urush boshlanganidan beri G`azo sektorida 600 nafar isroillik askar haloq bo`lgan. Bu xaqda xabar AFP Isroil mudofaa kuchlariga tayanib xabar bermoqda.

 Xabarda aytilishicha, so`nggi 24 soat ichida 20 yoshli askar Nadava Koen halok bo`lgan. Uning o`lim holati aytilmagan. 

Isroil va Falastinning HAMAS harakati o`rtasidagi urush 2023 yil 7 oktyabrdan beri davom etmoqda. Isroil 1,4 ming kishi halok bo`lganini ma`lum qildi, Falastin rasmiylari qurbonlar sonini 32 mingdan ortiq deb hisoblamoqda. 2024 yil fevralida mojaro tomonlari, shuningdek, Misr, Qatar va AQSh vakillari Dohada sulh tuzishni muhokama qilish uchun uchrashgan edi. O`tgan hafta BMT Xavfsizlik kengashi G`azoda o`t ochishni to`xtatishga chaqiruvchi rezolyusiyani qabul qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1