1

Italiya poytaxtida Toshkentdan Rimga yo`lga qo`yilgan parvozlarning ochilish marosimi bo`lib o`tdi

Dunyo 10.04.2024, 20:44
Italiya poytaxtida Toshkentdan Rimga yo`lga qo`yilgan parvozlarning ochilish marosimi bo`lib o`tdi

Rim shahridagi Leonardo Da Vinchi xalqaro aeroportida "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi tomonidan yo`lga qo`yilgan Toshkent-Rim-Toshkent yo`nalishi bo`yicha uchadigan havo qatnovlarining ochilish marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA .

Tantanali tadbirda O`zbekiston elchisi Abat Fayzullaev, Rim aeroporti (Aeroporto di Roma) Aviasiya biznesini rivojlantirish departamenti boshlig`i Federiko Skriboni, "GS Air" aviakompaniyasi direktori Luka Nardoni birinchi reys amalga oshirilishi munosabati bilan  ramziy tasmani kesdilar.

Rimdan Toshkentga yo`l olgan birinchi reys orqali 115 nafar yo`lovchi uchib ketdi. Ularning 95 nafarini italiyalik turistlar, 20 nafarini O`zbekiston fuqarolari va turoperatorlar tashkil qildi.


 

Toshkent-Rim-Toshkent yo`nalishi bo`yicha parvozlar haftaning yakshanba kuniga qo`yilgan. Parvozlar yo`lovchilar uchun xavfsizlik va qulaylikning eng yuqori standartlarini ta`minlovchi yangi "Airbus A321neo" samolyotlarida amalga oshiriladi.


 

Sayyohlar tomonidan bo`lgan yuqori talabga binoan "Uzbekistan Airways"ning Rim yo`nalishi bo`yicha uchadigan samolyotlari Urganchda ham to`xtab o`tadi. Buning natijasida sayyohlik yo`nalishi bo`yicha Xorazmga tashrif buyurgan turistlar Ipak yo`lining asosiy manzillaridan biri bo`lgan ko`hna Xiva shahri bilan tanishlari mumkin bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1